Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar onlayn o‘qishga o‘tadimi? Vazirlik izoh berdi

Talabalar onlayn o‘qishga o‘tadimi? Vazirlik izoh berdi

Oliy ta’lim muassasalarida 24-yanvardan keyin ta’lim jarayonlari onlayn shaklga o‘tkazishi nazarda tutilmagan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi. 

Abduvali Xoliqov so‘zlariga ko‘ra, semestrlar odatiy vaqtda yakunlanadi.

Avvalroq 6-yanvar kuni akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishqi ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi. 

Shuningdek, talaba-o‘quvchilarga o‘z uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilgan.

Shu bilan birga, Xalq ta’limi vazirligi ham umumta’lim maktablarida qishki ta’til kunlari 24 yanvargacha uzaytirilgani haqida ma’lum qildi.

Xalq ta’limi tizimidagi direktor, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til kunlarini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qiladi, deyiladi xabarda.

Bugun Xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilarning maoshiga ta’sir qilmasligi haqida ma’lum qildi.

Vazirlik izohiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi to‘lovlari saqlangan holda to‘lab boriladi, ya’ni oylik maoshga ta’sir qilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring