Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar o‘rtasidagi fan olimpiadalari takomillashtiriladi, pul mukofoti beriladi

Talabalar o‘rtasidagi fan olimpiadalari takomillashtiriladi, pul mukofoti beriladi

Fotohttp://tkti.uz

Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olipiadalari tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Nizomga ko‘ra, olimpiada gumanitar, tabiiy-ilmiy fanlar hamda umumkasbiy, ixtisoslik fanlari bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. «Gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar» blogi bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadada bakalavriatning kunduzgi bo‘lim 2 kurs talabalari, «Umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlari» bo‘yicha 3 va 4-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

Olimpiadaning 1 va 2-bosqichlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

ijodiy ish tayyorlash;
yozma ish yoki amaliy, laboratoriya, test va og‘zaki topshiriqlarni bajarish (yoki matn tarjima qilish).

Har bir tur 100 ballik tizimda baholanadi.

Olimpiadaning yakuniy bosqichida mutaxassislik fanlaridan birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan talabalarga, g‘olib bo‘lgan fan bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarining maksimal ball olish huquqini beruvchi va ikki yil muddat davomida amal qiluvchi guvohnoma beriladi.

Shuningdek, olimpiadaning yakuniy bosqichi g‘oliblari, ularning ilmiy rahbarlariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida bir martalik pul mukofotlari taqdim etiladi:

1-o‘rin uchun – 5 barobar, ilmiy rahbarga – 5 barobargacha;
2-o‘rin uchun – 3 barobar, ilmiy rahbarga – 3 barobargacha;
3-o‘rin uchun – 2 barobar, ilmiy rahbarga – 2 barobargacha.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring