Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

Foto: Xabar.uz

Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risidagi hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, magistratura talabalari ikkinchi yoki uchinchi semestrdan keyin 3 yarim oy, bakalavriat talabalari to‘rtinchi semestrdan so‘ng 1 yarim oy davomida stajirovka o‘tashlari mumkin.

Magistrant stajyorlarga stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqining 1 yarim baravari miqdorida, bakalavr stajyorlar uchun eng kam ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

Stajirovka davrida talabalarga stipendiyalar umumiy belgilangan tartibda to‘lanishi va ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmasligi qayd etilgan.

Muhokama joriy oyning 20 sanasiga qadar ochiq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring