Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Ta’lim tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Ismailov Abduvali Abdumalikovich — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori yetib tayinlandi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

U bugunga qadar vazirlik huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

1986-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr), 2011-yil Toshkent kimyo-texnologiya instituti (magistratura)ni tamomlagan.

2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring