Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim yo‘nalishida o‘rtacha oylik maosh 18 foizdan ko‘proqqa oshgan – statistika

Ta’lim yo‘nalishida o‘rtacha oylik maosh 18 foizdan ko‘proqqa oshgan – statistika

Milliy statistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-iyun oylari uchun iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori haqida ma’lumotini taqdim qildi.

Unga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida qayd etilganyu

Xususan, bu sohada 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,7 foizni tashkil qilgani, ish haqi miqdori esa 5 mln 036,8 ming so‘mga yetganligi kuzatildi.

Shuningdek, ta’lim yo‘nalishlarida ham sezilarli o‘sish sur’ati kuzatilib, ish haqi miqdori 4 mln 141,8 ming so‘mni tashkil etib, o‘sish 18,3 foizga, axborot va aloqa sohasida ish haqi miqdori 14 mln 785,8 ming so‘mni tashkil etib, 17 foizga, tashish va saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi 9 mln 006,6 ming so‘mni tashkil etib, 16 foizga, sanoat sohalarida esa 7 mln 173,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘sish 15,4 foizga oshganligi kuzatildi.

Shu bilan birga, o‘rtacha oylik nominal ish haqi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 4 mln 592,6 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 foizga, qurilish sohasida 5 mln 888,3 ming so‘mni tashkil etib, 6,1 foizga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida 3 mln 697,3 ming so‘mni tashkil etib, 12,4 foizga, savdo sohasida 6 mln 700,9 ming so‘mni tashkil etib, 12,8 foizga, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasi bo‘yicha esa 16 mln 252,9 ming so‘mni tashkil etib 13,9 foizga o‘sgan bo‘lsada boshqa tarmoqlarga nisbatan o‘sish so‘r’ati pastroq ekanligi kuzatildi. 

Manba: stat.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring