Taniqli aktyor ko‘chada musht yedi
Amerikalik aktyor va rejissyor 66 yoshli Stiv Bushemi Manhetten (Nyu-York)dagi hujum oqibatida shifoxonaga yotqizildi. Uning matbuot kotibi The New York Post nashriga ma’lum qilishicha, Bushemining yuzi va chap ko‘zi shishgan.
«Stiv Bushemi Manhettenda sayr qilib yurganida tasodifiy zo‘ravonlikning navbatdagi jabrlanuvchisiga aylandi», — dedi matbuot kotibi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 8-may sanasida kuppa-kunduzi yuz bergan, Bushemi Kips ko‘rfazi bo‘ylab sayr qilib yurganida notanish shaxs unga yaqinlashib yuziga musht tushirgan.
Zo‘ravon hozircha topilgan emas, hujumga nima sabab bo‘lgani ham noma’lum.
The New York Post yozishicha, bu Nyu-York ko‘chalarida mashhurlarga qilinayotgan birinchi hujum emas. Yaqinda yugurishga chiqqan aktyor Maykl Shtubargning boshiga tosh bilan urishgandi.
Stiv Bushemi «Emmi» va «Oltin globus» mukofotlari laureati. «Sirli poyezd», «Alamzada», «Armageddon», «Havodagi qamoqxona», «Fargo» filmlari, «Soprano» seriali orqali muxlislarga yaxshi tanish. Qizig‘i, o‘zi ham kinodagi rollari orqali turli yovuz va savdoyilarni jonlantirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter