Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov vafot etdi

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov vafot etdi

Mashhur bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Musaxon Nurmatov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 56 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda o‘g‘li Yusufxon Nurmatov ma’lum qildi.

Bastakor faoliyati davomida Ozodbek Nazarbekov, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayev, Abdurashid Yo‘ldoshev, Bahrom Nazarov, Mansurxon va Yusufxon Nurmatov kabi ko‘plab san’atkorlarning qo‘shiqlarini bastalab bergan.

So‘nggi yillarda esa ijodkorning g‘oyasi va prodyusserligida «Jurnalist» va «Qodirxon» kabi seriallar suratga olingan.

Xabar.uz tahririyati marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring