Taniqli kinorejissyor vafot etdi

Nemis kinorejissyori Volfgang Bekker og‘ir xastalikdan so‘ng 70 yoshida vafot etdi.
Bekker 2003-yilda «Gud bay, Lenin!» filmi premerasidan so‘ng xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan.
Film syujeti G‘arbiy va Sharqiy Germaniya birlashishi arafasida komaga tushgan ona va uning o‘g‘li munosabatlariga qurilgan. Ular Sharqiy Germaniya (GDR) yashashgan. Onasi o‘ziga kelganidan so‘ng (bu paytga kelib Berlin devori qulab, Germaniya birlashgandi) o‘g‘il onasiga qattiq ta’sirlanish salbiy ta’sir qilishi mumkinligi uchun, bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarni undan yashirishga urinadi.
Berlin devorining qulashiga bag‘ishlangan ushbu tragikomediya bir nechta xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritib, aktyor Daniel Bryulni katta kinoga olib kirgan.
«Gud bay, Lenin!» 2003-yilda «Oskar»ning yevropacha talqini — Yevropa kinoakademiyasi bosh sovriniga sazovor bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter