Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli milliarder Uorren Baffett gazeta biznesidan voz kechmoqda

Taniqli milliarder Uorren Baffett gazeta biznesidan voz kechmoqda

Foto: «MarketWatch»

Amerikalik taniqli sarmoyador va milliarder, qog‘oz gazetalarning ashaddiy tarafdori bo‘lib kelgan Uorren Baffett AQShda chop etiladigan 30 ta kundalik gazetaning ham xo‘jayini sanaladi.  «The Wall Street Journal» yozishicha, Baffet o‘ziga qarashli mana shu gazetalarni birlashtirgan «BH Media Group» (BHMG) sho‘’ba kompaniyasini o‘zining yana bir «Berkshire Hathaway» kompaniyasi orqali $140 mln.ga sotuvga qo‘ydi.

Jurnalistlarga ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Baffett o‘z gazetalarini mediaguruhni yiliga $8 mln.ga ijraga olish xohishini bildirgan «Lee Enterprises Inc» nashriga 10 yil muddatga sotmoqda.

«Mediaguruhni boshqalarga sotmasligimizning yagona sababi bor, bizningcha, «Lee» soha muammolarini hammadan yaxshi hal qila oladi», — dedi milliarder.

Ekspertlarning fikricha, elektron OAV va ular bilan bog‘liq axborot texnologiyalari jiddiy rivojlangan va rivojlanayotgan bir paytda Uorren Baffet gazeta biznesini samarasiz va beqaror degan to‘xtamga kelgan.

Ta’kidlash kerakki, Baffett biznes olamidagi eng yaxshi sarmoyadorlardan: qachon sotib olish va sotishda deyarli xato qilmagan...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring