Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli rejissyor Maqsud Yunusov vafot etdi

Taniqli rejissyor Maqsud Yunusov vafot etdi

Foto: «taqvim.uz»

Televizion spektakl rejissurasining buyuk namoyandasi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, bir qator davlat mukofotlari, xalqaro Bobur mukofoti sohibi Maqsud Yunusov bugun 88 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda bloger Nigora Umarova xabar berdi.

Mahoratli rejissyor Maqsud Yunusov turli yillarda «Alisher Navoiy», «Bobur», «Kecha va kunduz», «Layli va Majnun», «Ichkuyov», «Girdob» singari xalq sevib tomosha qiluvchi yirik asarlarni sahnalashtirgan.

«Xabar.uz» ijodiy jamoasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring