Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanish qizni otasining qabri oldida o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qildi

Tanish qizni otasining qabri oldida o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qildi

2022 yilning 1 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida mudhish hodisa sodir bo‘ldi.

Uzunko‘l mahallasidagi G‘oyib bobo qabristonida Yulduz ismli qiz (2001 yilda tug‘ilgan) shu mahallada 1993 yilda tug‘ilgan Rashid tomonidan o‘ldirib ketilgan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib borib, hodisani batafsil o‘rgandi.

Ma’lum qilinishicha, Rashid oldindan gaplashib yurgan tanish qizi Yulduzni otasining qabrini ziyorat qilish vaji bilan qabristonga olib borib, qotillikka qo‘l uradi.

Rashid muntazam Rossiyada ishlab yurgan. 30 yoshga yaqinlashayotgan yigit uylanishni maqsad qiladi va sinfdoshining singlisi Yulduz bilan tanishib, niyati jiddiyligini aytadi. Yigit qiz bilan gaplashib yurganida uning telegramini o‘zining telefoniga o‘rnatib oladi. Yana Rossiyaga ishga ketgach, qizning telegramda kimlar bilan yozishganini kuzatib yuradi. Qo‘ng‘iroq qilganida qizning telefoni bir necha bor band bo‘lgani Rashidning shubhalarini oshiradi.

Yigit va qizning munosabatlariga sovuqlik tushadi. Rashid Rossiyada vaqtida qiz boshqa yigit bilan gaplashadi va u yigitdan qizning uyiga sovchi keladi. Rashid bu haqda xabar topib, qizga qo‘ng‘iroq qilganida, u boshqaga turmushga chiqishni istayotganini aytadi.

Rashkdan g‘azablangan yigit Rossiyadan Xorazmga qaytib keladi va bir kundan keyin qiz bilan uchrashib, mudhish jinoyatga qo‘l uradi.

Sud hukmiga ko‘ra, Rashid Jumaniyozov aybli deb topilib, unga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring