Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva ham Turkmanistonga boradi

Tanzila Norboyeva ham Turkmanistonga boradi

Foto: Senat axborot xizmati

2021-yil 6-avgust kuni Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahatlashuv uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti forumi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-6-avgust kunlari Turkmanistondagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring