Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva vazirga og‘riqli muammoni eslatib qo‘ydi

Tanzila Norboyeva vazirga og‘riqli muammoni eslatib qo‘ydi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun  «Yuksalish» umummilliy harakatida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat Raisi, Komissiya raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.  Komissiya a’zolari, senatorlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, mahalliy hokimliklar mutasaddilari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari qatnashgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyatini o‘rganish natijalari, Komissiya huzuridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlar birlashmasi»ning joriy yilda amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi.

T.Norboyeva yig‘ilishni olib borar ekan, ushbu masalada yutuqlar bilan birga muammolar ham qatorlashib turganini alohida ta’kidladi. Majlis davomida komissiya a’zolari va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inobatga olinib, komissiya qarori o‘qib eshittirildi.

Senat raisi o‘z takliflari va xulosalari bilan o‘rtoqlashish asnosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2021-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yiladigan ish joylarining sifat darajasini tanqidiy tahlil qilishni, munosib ish o‘rinlari kvotalanishini tashkil qilishini, hududlarda barpo etilayotgan ish o‘rinlarida, masalan ayollar ishlayotgan korxonalarda oyliklarning nihoyatda kamligini   katta so‘roq ostiga qo‘yib, ko‘rib chiqish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring