Tarixiy o‘yin: O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatiga chiqdi

Abu-Dabi shahrida JCh-2026 saralash bosqichi doirasida BAA va O‘zbekiston termalari o‘zaro maydonga tushdi.
O‘yin murakkab tarzda kechdi. O‘zbekiston termasi ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi. Ushbu o‘yinda durang natija ham vakillarimizni qoniqtirgani uchun O‘zbekiston himoyaga urg‘u berdi.
Natijada o‘yin durang natija bilan yakunlandi. O‘zbekiston 2-o‘rinni egallagan holda JChga yo‘l oldi.
Endi 10-iyun kuni O‘zbekiston Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter