Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarki odat – amri mahol...mi?

Tarki odat – amri mahol...mi?

Foto:«Xalq so‘zi»

Davlat rahbarining tashabbusi bilan aholi va tadbirkorlarning og‘irini yengil qilish, ularning vaqti va naqdini tejash orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan.

Hozirda vaqtda joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 100 dan ortiq davlat xizmatlari samarali ko‘rsatib kelinmoqda.

Albatta, ushbu tizim aholi va davlat xizmati ko‘rsatuvchi idoralar uchun ham yangilik bo‘lganligi, unga moslashish, ko‘nikish uchun vaqt talab etilishi vakolatli idoralar tomonidan davlat xizmatini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatishga to‘siq bo‘layotganligi achinarli hol.

Tahlillar natijasi, eng ko‘p qonun buzilish holatlariga kadastr, qurilish idoralari, hokimliklar va kommunal xo‘jalik tashkilotlari tomonidan yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatmoqda.

Ushbu holatlarni bartaraf etish va mazkur holatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida Agentlik tomonidan tegishli huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida qo‘llanilgan huquqiy ta’sir choralari natijasida 1 204 nafar shaxs ma’muriy va 204 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Vakolatli idoralarning aksariyat mas’ul xodimlari qo‘llanilgan choralardan o‘zlariga tegishli xulosa chiqargan holda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etib, sifatli davlat xizmati ko‘rsatishmoqda.

Lekin, «guruch kurmaksiz bo‘lmaydi» deganlaridek, davlat xizmati ko‘rsatishda belgilangan tartibga qayta-qayta rioya etmayotgan xodimlar ham uchrab turibdi.

Eng achinarlisi, bunday xodimlar uchun davlat xizmatini ko‘rsatishda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yish odat tusiga kirib qolganidadir.

Misol uchun, o‘tgan davr mobaynida davlat xizmatini ko‘rsatishda takror va takror qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan vakolatli idoralarning 177 nafar mas’ul xodimi ikki yoki uch martadan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Umid qilamiz, ushbu salbiy holatlardan davlat xizmati ko‘rsatuvchi idorlarning rahbarlari va mas’ul xodimlari tegishli xulosalar chiqarishadi.

Isomiddin Latipov,
Davlat xizmatlari agentligi bosh maslahatchisi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring