Tarmoqlarda «iPhone SE»ning yangi avlodi tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida «iPhone SE 2» namoyish etilgan video paydo bo‘ldi. Ushbu qurilmada «Apple» simsiz quvvatlantirish tizimidan foydalanishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi «NV.ua».
Orginal «iPhone SE»ning orqa paneli deyarli to‘liq alyuminiydan ishlangan, faqatgina yuqori va pastki qismida oynali hoshiya mavjud. Shuningdek, 3,5 millimetrli naushnik ulagich saqlab qolingan. Orqa kamera korpusdan chiqib turmaydi. Bu kamera texnologiyasi «iPhone 8»nikidan farq qilishini anglatadi.
Smartfon o‘zining birinchi avlodidagi kabi «Touch ID» va «NFC»ga ega.
«Apple» ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida eski dizaynni saqlab qolishi mumkin. Bunda faqatgina uning qurilma ichi yangilanadi, ya’ni protsessori.
Smartfonning aniq texnik tavsiflari hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter