Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tasqarani ovlaganlar shaxsi aniqlandi

Tasqarani ovlaganlar shaxsi aniqlandi

O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan tasqara ovlangani haqida xabar berilgandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lum qilishicha, dastlabki o‘rganishlarda fotosuratdagi fuqarolarning shaxsi va manzili aniqlangan.

Andijon viloyati Xonobod shahri «Fozilmon» va «A.Navoiy» mahallasida yashovchi A.S va R.F 2018 yilda Xonobod shahrining «Xidisha» mahalla joylashgan «G‘alabaning ellik yilligi» fermer xo‘jaligi hududida tasqara qushini jonsiz holatda ushlab suratga tushgan. 

«Ushbu fuqarolar ayni paytda chet elda bo‘lib, ulardan biri R.F tez orada O‘zbekistonga qaytishi kutilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz», deyiladi qo‘mita xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring