Taxmin oqlanmadi: koronavirusning homiladorlar uchun xavfi yuqori
«Kp.ru» yozishicha, koronavirusning homiladorlar organizmiga salbiy ta’siri ilgari taxmin qilinganidan-da kuchli bo‘lib chiqdi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, homiladorlik ayol organizmini zaiflashtirib qo‘yadi, koronavirusga chalingan homilador ayollar boshqa ayollarga nisbatan intensiv terapiya bo‘limlariga 50 foiz ko‘p tushishmoqda.
Ushbu statistika AQShdagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) tomonidan e’lon qilindi.
Qolaversa, koronavirusga chalingan homiladorlar o‘pkasini sun’iy ventilyasiyalashga boshqalardan ko‘ra 70 foiz ko‘proq ehtiyoj sezishadi. Biroq homiladorlar o‘rtasida o‘lim ehtimoli pastroq.
Vrachlarning tushuntirishlaricha, bola kutayotgan organizmga ikki hissa zo‘riqish tushadi: yurak-qon tomir tizimi va nafas olish organlari yuqori intensivlikda ishlaydi. Homilaning oxirgi muddatlarida o‘pkaning hajmi kichrayadi, qon ivishi jarayoni tezlashadi. Bundan tashqari, kovidga qarshi qo‘llaniluvchi dorilar ona qornidagi bola salomatligiga salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qo‘ymaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter