Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tekshiruv yuqori darajada: Si Szinpin Uxanga bordi

Tekshiruv yuqori darajada: Si Szinpin Uxanga bordi

Foto: «REUTERS»

Xitoy yetakchisi Si Szinpin epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni tekshirish uchun yangi koronavirus o‘chog‘iga aylangan Uxan shahriga bordi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

XXR raisi xizmat safari mobaynida COVID-19 ga qarshi kurash va profilaktika bo‘yicha chora-tadbirlar bilan tanishadi, shifokorlar, harbiylar, xavfsizlik xizmati xodimlari, bemorlar va mahalliy aholi bilan uchrashadi.

Ta’kidlanishicha, Uxan shahri koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan Xitoydagi yagona joy bo‘lib qolmoqda, mamlakatning boshqa hududlarida aniqlanganlari esa chetdan kirib kelgan.

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 3136 kishiga yetdi, qariyb 60 ming nafar odam tuzaldi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring