Telegramda faktcheking funksiyasi paydo bo‘lishi kutilmoqda
Telegram messenjerining Android tizimlari uchun beta-versiyasida Fact Check («Faktlarni tekshirish») funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda «Kod Durova» telegram-kanali xabar berdi.
Ushbu funksiya hali rasman taqdim etilgani yo‘q.
Telegram agentliklar (ularni mamlakatlar hukumatlari tayinlashi mumkin) bilan hamkorlik qiladi, postlarda tushuntirishlar paydo bo‘lishni boshlaydi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, oddiy foydalanuvchilar Fact Check aks ettirgan kontentga ta’sir ko‘rsata olmaydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter