Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Temur Kapadzening yordamchi murabbiylari ma’lum

Temur Kapadzening yordamchi murabbiylari ma’lum

Foto: Gazeta.uz

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Milliy olimpiya qo‘mitasi saytiga bergan intervyusida terma jamoada unga yordam beradigan murabbiylarga aniqlik kiritib olganini aytdi.

- Murabbiylar shtabiga Andrey Fedorov va Petr Gizimchukni taklif etdim. Fedorovga ortiqcha ta’rif berib o‘tirishning hojati yo‘q. Uni futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham tajribasi katta va bunga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lganman. Milliy terma jamoa murabbiylar shtabida ham Andrey Fedorovning foydasi tegishiga ishonaman. Petr Gizimchuk esa darvozabonlar bilan ishlaydi. O‘zbek futboli tarixidagi eng mashhur darvozabonlardan biri sanalgan Gizimchukning tajribasidan ham foydalanishimiz kerak, - dedi Kapadze.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring