Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tergov qo‘mitasi raisi Rossiyada o‘lim jazosini tiklash kerakligini aytdi

Tergov qo‘mitasi raisi Rossiyada o‘lim jazosini tiklash kerakligini aytdi

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qilishni ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida so‘zga chiqib, u o‘ta shafqatsiz jinoyatlar soni ortib borayotgani haqida gapirdi va shu munosabat bilan o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qilishni taklif qildi. Bastrikin ham o‘zini o‘lim jazosi tarafdori deb atagan.

Bir kun oldin forumda so‘zga chiqqan Bastrikin Tergov qo‘mitasi migratsiya jinoyatlari bo‘yicha bir necha bor jinoiy ish qo‘zg‘atayotganidan shikoyat qildi, chunki prokuratura bunday qarorlarni bekor qiladi.

Avvalroq Aleksandr Bastrikin migratsiya siyosatini yanada qattiqlashtirish kerakligini ta’kidlagandi. 

Bastrikinga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida Moskva shahriga 1,2 million, Podmoskove viloyatiga 880 ming va Sankt-Peterburg shahriga 860 ming nafar migrant kelgan. Bu raqamlarni u xavotirli statistika deb atab, mehnat muhojirlari orasida jinoyatchilik oshib borayotganidan bahs etgan. 

Aleksandr Bastrikin urushga yuborilayotgan mehnat muhojirlariga oid raqamlarni ham ochiqlagan. Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olgan 30 ming nafar muhojirdan 10 ming nafari Ukraina bilan urush maydoniga jo‘natilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring