Termizda portlash: ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Bugun 8-aprel kuni OAVda Termiz shahridagi uylardan birida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
«Xabar.uz» muxbiri Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan bog‘langanda, vazirlik matbuot xizmati vakili voqea sodir bo‘lganini tasdiqlab, hozirda maxsus xizmatlar hodisa sababini o‘rganayotganini bildirdi.
«Gazeta.uz» nashrining Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga asoslanib xabar berishicha, portlash natijasida ikki kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter