Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizdagi xalqaro savdo markazida to‘lov uchun chet el valyutalaridan foydalanishga ruxsat berildi

Termizdagi xalqaro savdo markazida to‘lov uchun chet el valyutalaridan foydalanishga ruxsat berildi

Termizning Afg‘oniston davlati bilan chegarasi yaqinida faoliyat ko‘rsatadigan «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida o‘zbek so‘midan boshqa 4 turdagi – AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Bu borada Prezidentning «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, shuningdek quyidagilarga ruxsat berildi:

  • markaz hududida faoliyat yurituvchi sub’yektlarda Afg‘oniston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomasi asosida ishlashiga;
  • Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, istisno tariqasida mulk huquqi bilan sotib olishga;
  • Markaz hududida tashkil qilinadigan zamonaviy tibbiyot klinikasida Afg‘oniston fuqarolarini davolash va kerakli hollarda ularga soddalashtirilgan taritbda tibbiy kirish vizalarini berishni nazarda tutuvchi yo‘llanmalar berishga.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring