Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termiz sobiq hokimi va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Termiz sobiq hokimi va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Termiz shahrining sobiq hokimi 11 yil muddatga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida I. Xudayberdiyev (1981-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 18 nafar sudlanuvchi) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

E’lon qilingan hukmga ko‘ra I. Xudayberdiyev Jinoyat kodeksning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 1-qismi, 2-qismi «a» bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi «a» bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi, 2-qismi «a» bandi, 210-moddasi (pora olish) 3-qismi «a» bandi, 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 2 yil 6 oy muddatga davlat tashkilotlarida mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirilish belgilandi.

Qolgan 17 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga tegishliligi bo‘yicha jarima, 1 yil 9 oy 15 kundan 2 yil 3 oygacha axloq tuzatish ishlari va 3 yil 6 oydan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Ushbu hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi, deyiladi Oliy sud xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring