Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tesla Ilon Maskka 29 mlrd dollar «mukofot» beradi

Tesla Ilon Maskka 29 mlrd dollar «mukofot» beradi

Foto: Reuters

Tesla kengashi kompaniya rahbari Ilon Maskka 96 million aksiya miqdorida mukofot berishni ma’qulladi. Bu haqda avtomobil ishlab chiqaruvchisi AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) saytida xabar berdi.

96 mln aksiyadan iborat paket taxminan 29 milliard dollarga baholanmoqda. Agar Mask keyingi ikki yil davomida kompaniyaning bosh direktori yoki uning mahsulotlari yoki operatsiyalarini ishlab chiqish uchun mas’ul ijrochi shaxs sifatida ishlashda davom etsa, ushbu mukofot uniki bo‘ladi.

Milliarder avvalroq kompaniya ustidan ko‘proq nazorat unga berilmasa, Tesladan ketishini aytgandi. Uning aytishicha, 25 foiz aksiyalarsiz u faollarga qarshi tura olmaydi va sun’iy intellektning ko‘ngildagidek joriy etilishiga erishmaydi. Hozircha Mask 13 foiz aksiyalarga egalik qiladi — bu barcha aksiyadorlar orasidagi eng katta paket.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring