Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Teslaga raqib va arzonroq elektromobil taqdim etildi (foto)

Teslaga raqib va arzonroq elektromobil taqdim etildi (foto)

Nio Onvo L60.

Foto: NIO

Xitoyning Nio kompaniyasi o‘zining eng arzon elektromobili — Onvo L60 modelini taqdim etdi. Sentyabrda sotuvga chiqadigan mashinaning narxi 219 900 yuan ($30 500)dan boshlanadi, deya xabar berdi CarNewsChina.

Onvo — Xitoy kompaniyasining yangi budjet turkumi. Bu yo‘nalishning ilk L60 modeli Amerikaning Tesla Model Y elektromobiliga raqib o‘laroq ko‘rilmoqda (narxi nisbatan arzon).

Yangi Nio Onvo L60 ko‘rinishidan deyarli Teslani eslatadi. O‘lchamlari bo‘yicha hatto kattaroq.

Nio Onvo L60. Foto: NIO

Nio Onvo L60 o‘lchamlari:

  • uzunligi — 4828 mm;
  • kengligi — 1930 mm;
  • balandligi — 1616 mm;
  • g‘ildiraklar bazasi — 2950 mm.

Xitoy mashinasi saloni old panelida 17,2 dyuymli tachskrin, qolaversa, ma’lumotlarni old oynada aks ettiruvchi proyeksiya o‘rnatilgan. Old o‘rindiqlarning ort qismida ham monitorlar bor. Elektromobil uchun elektronika Nvidia kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

Nio Onvo L60. Foto: NIO

Nio Onvo L60 qanchalik kuchga egaligi ochiqlanmagan, biroq energiya tejamkorligi juda yuqoriligi aytilmoqda — 100 kilometrga 12,1 kVt/soat.

Nio Onvo L60. Foto: NIO

Mashina uch xil batareyada taklif etilmoqda:

  • sig‘imi 60 kVt/s — yuradigan masofasi 555 km;
  • sig‘imi 90 kVt/s — yuradigan masofasi 730 km;
  • sig‘imi 150 kVt/s — yuradigan masofasi 1000 km.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring