Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Texasdagi musiqa festivalida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Texasdagi musiqa festivalida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Invision/Amy Harris

AQSh. Texasdagi Astroworld festivalida sakkiz kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda mahalliy Houston Chronicle.

Fojiaga festivaldagi tiqilinch sabab bo‘lgani aytilmoqda. Tadbirga 50 ming kishi kelgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tiqilinch juma kuni reper Trevis Skott qo‘shiq ijro qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Festivalning ikkinchi kuni bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring