Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezkor! O‘zbekistonda karantin talablari uzaytirildi

Tezkor! O‘zbekistonda karantin talablari uzaytirildi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 13-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini yumshatishni bosqichma-bosqich davom ettirish orqali iqtisodiy faollikni tiklash hamda aholining ishlashi va daromad olishini ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

Xususan, «yashil» va «sariq» hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi qayd etildi.

Shu bilan bir qatorda videoselektor yig‘ilishda ba’zi joylarda berilgan erkinlikni noto‘g‘ri tushunib, aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz ko‘chalarni to‘ldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunday holatlar hamda oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni yana oshayotgani hammani hushyor bo‘lishga chaqiradi.

Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14-maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 1-iyunga qadar uzaytirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring