Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiy niqobsiz yurishga jarima borligi eslatildi

Tibbiy niqobsiz yurishga jarima borligi eslatildi

Foto: «Xabar.uz»

Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish jarimaga tortishga sabab bo‘ladi, qonunchilikda belgilangan javobgarlik bekor bo‘lgani yo‘q. Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi:

«Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

Ushbu moddaga ko‘ra, Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi», — dedi Sevara O‘rinboyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring