Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tilla talvasasi. Oliy ma’lumotli yigit sherigining umriga zomin bo‘ldi

Tilla talvasasi. Oliy ma’lumotli yigit sherigining umriga zomin bo‘ldi

1992-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, bo‘ydoq, ayni paytda Karmana tumani «Zarafshon» ko‘chasida istiqomat qiluvchi N.V. tanishi – 1985 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 3 nafar farzandi bor, hozirda Shofirkon tumani «Denov» mahallasida yashovchi F.M. bilan sherikchilikda Konimex tumani «Karakata» ovuliga qarashli dasht hududida joylashgan «Sentyabrskiy» nomli eski oltin konida, hozirda qo‘riqlanmayotgan tashlandiq karerdan tarkibida tilla zarralari mavjud qumlarni qazib olgan.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, noqonuniy ish jarayonida yuzaga kelgan o‘zaro navbat talashish sherikchilik buzilishiga sabab bo‘ldi. Vaziyat tortishuv bilan yakunlanmadi, aksincha, murosasizlik oqibatidagi janjal natijasida N.V. F.M.ga qo‘l zarbi orqali tan jarohati yetkazishi bilan yakunlandi. Taassufki, F.M.ning spirtli ichimlik iste’mol qilganligi ta’siri uning muvozanatni yo‘qotib, chap tomonga yiqilishi natijasida boshi toshga tekkanligi, sog‘lig‘ini jiddiy xavfga qo‘ydi.

Zarafshon shahar «Daugustou» qo‘rg‘onidagi vrachlik punktida F.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan jarohati natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan N.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring