Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Titanik»da yozilgan xat 350 ming yevroga sotildi

«Titanik»da yozilgan xat 350 ming yevroga sotildi

Foto: Wikipedia / BBC

«Titanik» kemasida yozilgan xat kimoshdi savdosida 350 ming yevroga sotildi, deb xabar berdi BBC.

Ushbu «otkritka» birinchi toifa yo‘lovchisi — amerikalik sarmoyador va yozuvchi Archibald Greysi IV tomonidan jo‘natilgan. Hujjatni uning jiyan tomonidan nevarasi sotuvga qo‘ydi.

«Bu ajoyib kema, biroq uning haqida so‘nggi so‘zni sayohatim oxirida aytaman», — deyilgan jumladan xatda.

Xatning kimoshdidagi boshlang‘ich narxi 60 ming funt sterling edi. Yakunda besh baravar qimmatroq — 300 ming funt sterlingga sotildi (yevroda — taxminan 350 ming). Xaridor — amerikalik xususiy jamg‘arma egasi.

Ma’lumot uchun: «Titanik» — XX asr boshidagi eng yirik kema. Britaniya transatlantik yuk-yo‘lovchi va pochta paroxodi, «White Star Line» kompaniyasining «Olimpik» sinfiga mansub ikkinchi layneri. Kema Sautgempton va Nyu-York o‘rtasidagi 5 800 km yo‘nalishda haftasiga (bir tomonga) bir marta qatnashi rejalashtirilgan edi.

Birinchi reys amalga oshirilayotgan paytda, 1912-yilning 14-aprelidan 15-apreliga o‘tar kechasi Shimoliy Atlantikada aysberg bilan to‘qnashib, cho‘kib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring