Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Qozog‘istonda politsiya mashinasida YTHga uchragan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

TIV Qozog‘istonda politsiya mashinasida YTHga uchragan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

Foto: «Globallookpress»

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019 yil 13 iyul kuni Olmaota-Yekaterinburg avtomobil trassasining 178-km.da ichida ikki nafar politsiya xodimi va 6 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

YTH oqibatida ikki nafar politsiya xodimi va O‘zbekiston fuqarosi F.A. vafot etdi. Jarohat olgan 5 nafar hamyurtimizga birinchi zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng kasalxonaga yotishga zarurat yo‘qligi ma’lum qilindi.

Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-291-11-78.

News.ru tomonidan xabar qilinishicha, o‘zbekistonliklar Qozog‘istonda bo‘lib turish qonunchiligini buzgani uchun qo‘lga olinib, politsiya avtomobilida tegishli idoraga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring