Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV talabalar uchun Rossiyaga charter reyslar tashkil etilayotganini inkor qildi

TIV talabalar uchun Rossiyaga charter reyslar tashkil etilayotganini inkor qildi

Rossiyada Ta’lim va ilm-fan vazirining buyrug‘i bilan 2021-yil 8-fevraldan boshlab ushbu vazirlik huzuridagi oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi o‘qish jarayoni boshlash ko‘zda tutilgan.

OAVda Rossiya tomonining an’anaviy o‘qish shaklini boshlash to‘g‘risida xabarlar tarqalgandan so‘ng Rossiyaga qayti istagidan bo‘lgan o‘zbekistonlik talabalarning turli soxta hujjatlar, shu jumladan, chegarani kesib o‘tishda yordam berish uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlari nomidan soxta taklif xatlari tayyorlashga ixtisoslashgan shubhali shaxslarga murojaat qilish holatlari uchramoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi shu munosabat bilan Rossiya o‘qiydigan, hozirda pandemiya sabab O‘zbekistonda bo‘lib turgan talabalarga murojaat qildi.

«Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda O‘zbekistondan Rossiyaga charter reysiga talabalar ro‘yxati tuzilayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqdaki, bu Rossiya hukumatining 2020-yil 16-martdagi 635-r-sonli «Rossiya Federatsiyasiga xorijiy fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar kirishini vaqtincha cheklash hamda vizalar va takliflarni rasmiylashtirishni vaqtincha to‘xtatish haqida»gi qarori talablariga zid. Hozirgi vaqtda Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Rossiya Federatsiyasi hududiga to‘sqinliklarsiz kirish huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmaydi.

Shunday qilib, Rossiya xalqaro aeroportlariga charter reyslari bilan kelgan O‘zbekiston fuqarolari chegarani kesib o‘tishda va tasdiqlovchi hujjatlar yuzasidan muammlarga duch kelishlari mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shubhali shaxslarning ta’siriga tushib qolmaslik va aldanib qolmaslik, Rossiya hududiga kirishda rad javobi olmaslik uchun hamda charter reyslari tashkilotchilari va aviatashuvchilar bila sud jarayonlarining oldini olish maqsadida, oliy o‘quv yurtlari xalqaro bo‘limlari bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib turish va chegaralar ochilgunga qadar masofaviy ta’limni davom ettirish so‘raladi», - deyiladi murojaatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring