TIV Samarada avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 17-iyun kuni soat 19:00da Samara viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 kishi, jumladan 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti axborotida ma’lum qilindi.
Barcha jarohatlanganlar Tolyatti shahar klinik kasalxonasiga olib berilgan.
Bosh konsulxona Samara viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter