Tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor. O‘zingizni va farzandlaringizni ehtiyot qiling

O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida 7-10 may sanalarida sel kelishi xavfi bor. Bu haqda O‘zgidromet xabar berib o‘tdi.
Shu munosabat bilan sel xavfi mavjud hududlarda istiqomat qiladigan yurtdoshlarimizdan juda ehtiyot bo‘lishlari so‘raladi. Eslatib o‘tamiz, 1 may sanasida Jizzax viloyati, Zomin tumanida 14 yoshli va 9 yoshli opa-uka selda oqib ketib, vafot etgani xabar qilingandi. 5 may kuni esa Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 10 yoshli qizchani sel olib ketgandi.
Xabar.uz tahririyati yana bir bor aziyat chekkan oilalarga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter