Tog‘ yo‘lida mashinadan tanasini chiqarib sayr qilgan qizlarga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 oynasidan tanasini chiqarib olgan qizlar aks etgan videolavha tarqalgandi.
IIV YHXBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat 2022 yil 15 yanvar kuni «Qamchiq» dovonidagi yo‘lda avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Huquqbuzarlar ham ushlangan.
«O‘rtog‘im oldingi oynadan chiqdi. Men orqada o‘tirgandim. Keyin, sen chiqolmaysan dedi. Men ham chiqdim, pushaymonman», — deydi qizlarning biri.
Qoidabuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 138-moddasi 4-qismi tartibida chora ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter