Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning bolaligi o‘tgan xonadon uy-muzeyga aylantiriladi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning bolaligi o‘tgan xonadon uy-muzeyga aylantiriladi

Foto: «Facebook» / Tog‘ay Murod

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning bolaligi o‘tgan xonadon uy-muzeyga aylantiriladi. Bu haqda Oltinsoy tuman hokimining «Facebook»dagi sahifasida xabar berildi

Foto: «Facebook» / Oltinsoy tuman hokimi

Oltinsoy tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va komunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M. Ochildiyev, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Qosimov, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari P.Norqobilovalar Xo‘jasoat qishlog‘ida bo‘lib, ushbu masala yuzasidan adibning yaqinlari bilan suhbatlashishgan. Bu ma’lumotni Tog‘ay Murodning jiyani Ilhom Mengboyev ham tasdiqladi. Uning aytishicha, tuman mutasaddilaridan tashqari viloyat arxitektura qo‘mitasidan ham vakil kelib, bu borada suhbatlashgan.

Foto: «Facebook» / Oltinsoy tuman hokimi
Foto: «Facebook» / Oltinsoy tuman hokimi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod o‘zbek adabiyoti xazinasiga «Yulduzlar mangu yonadi», «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar», «Momo Yer qo‘shig‘i», «Otamdan qolgan dalalar», «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» kabi noyob asarlari bilan ulkan hissa qo‘shgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring