Tojikistonda chang bo‘roni kutilyapti
Tojikistonda havo harorati tushdi-yu, biroq uning o‘rniga chang bo‘roni kutilyapti. Mamlakat miqyosida 25-28-iyul kunlari havo harorati 4-6 daraja pasayishi mumkin, deya xabar beradi «Ca-news.org» sayti.
Badaxshon-shahar muxtor viloyatidan tashqari, ba’zi tumanlarda shamolning tezligi soatiga 17-22 m/s yetishi, chang bo‘roni bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, sinoptiklar 24-25-iyul kunlari havo haroratining ko‘tarilishi tufayli Pomir, Vaxsh va Zarafshon daryolarida suv sathi ko‘tarilishi, tog‘li hududlardagi muz qatlamlari erishini aytishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter