Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda ham zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda ham zilzila sodir bo‘ldi

Bugun Toshkent vaqti bilan 11:01 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.

Qayd etilishicha, bugun 19 mart kuni Toshkent vaqti bilan 11:01 da (19.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 06:01 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 38,68 gradus shimoliy kenglik; 73,18 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 443 km janubiy-sharqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha 18 mart kuni Ekvadorda 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring