Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda RF harbiylari ishtirokida o‘quvlar boshlandi

Tojikistonda RF harbiylari ishtirokida o‘quvlar boshlandi

Foto: «Anadolu Agency»

Tojikistonda Rossiyaning 201-harbiy bazasining mingdan ortiq harbiylari shartli noqonuniy qurolli shakllanmalarni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quvlarni boshladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

11-mart kuni baza bo‘linmalari 300 milometrlik yo‘lni bosib o‘tib, o‘quvlar o‘tadigan Harb-Maydon poligoniga yetib kelgan.

Taktik o‘quvlar 14–18-mart kunlari davomida o‘tkaziladi.

Harbiy o‘quvlarga mingdan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchi, 300 dan ziyod harbiy, maxsus texnika, jumladan, armiya vertolyotlari jalb etilgan.

Tojikistondagi 201-harbiy baza — Rossiyaning o‘z hududidan tashqaridagi eng yirik harbiy ob’yekti sanaladi. Dushanbe va Boxtar (eski Qo‘rg‘ontepa)da joylashgan. Uning tarkibidan motoo‘qchi, tank, artilleriya, razvedka, havo hujumiga qarshi, radioaktiv, kimyoviy va biologik himoya hamda aloqa bo‘linmalari o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring