Tojikistonda yana o‘lim holati qayd etildi

12-may kuni kechqurun Tojikistonda yana 68 kishida koronavirus aniqlandi va jami kasallanganlar soni 729 kishini tashkil qildi. Bu haqda «Xovar» axborot agentligi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Kun davomida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarning yana ikki nafari vafot etdi (jami qurbonlar soni – 21 nafar).
Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni iloji boricha uyda o‘tirishlarini, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari va jamoat joylarida ijtimoiy masofaga amal qilishlarini so‘ramoqda. Koronavirus belgilari bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilishlari zarurligini uqtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter