Tojikistondagi zilzila O‘zbekiston janubiga ta’sir etdi
Tojikistondagi zilzila O‘zbekiston janubiga ta’sir etdi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 18:04 da (08.07.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 13:04 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 37,83 gradus shimoliy kenglik; 68,14 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 393 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, 28 km.
Uzun tumanida 2 ball, 37 km.
Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km.
Oltinsoy tumanida 2 ball, 53 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter