Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonga uchayotgan Rossiya samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Tojikistonga uchayotgan Rossiya samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot favqulodda Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi.  Bu haqda «Novosti Tashkentskogo neba» kanali xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaning Nijniy Novgorodidan Tojikistonning Xo‘jand shahriga uchayotgan samolyot noqulay ob-havo va qalin tuman tufayli manzilga qo‘na olmagan va O‘zbekiston poytaxtiga yo‘l olgan. 

«Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti ob-havo sharoiti — tuman, gorizontal ko‘ruvchanlik 100 metr, havo namligi 93 foiz bo‘lgani sababli Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi», —deyiladi xabarda. 

Hozirda esa samolyot Xo‘jandga eson-omon yetib borgan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring