Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokiodagi olimpiada «oddiy formatda» o‘tadi — OAV

Tokiodagi olimpiada «oddiy formatda» o‘tadi — OAV

Foto: KIMIMASA MAYAMA/ EPA

Tokiodagi olimpiya o‘yinlari, COVID-19 pandemiyasi sababli, oddiyroq tartibda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda «Iomiuri» gazetasi Yaponiya hukumati va Olimpiada tashkiliy qo‘mitasiga asoslanib xabar berdi.

Hukumat olimpiadani to‘laqonli o‘tkazishni istaydi. Biroq dunyo bo‘ylab hukm surayotgan murakkab epidemiologik vaziyat ishning beliga tepishi ham ehtimoldan xoli emas.

Nashrga ko‘ra, olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlarida qatnashuvchilar soni qisqartirilishi mumkin. Bundan tashqari, stadionlardagi tomoshabinlar sonini cheklash ham nazarda tutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring