Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toliblar afg‘on oilalarini uylaridan quvib chiqaryapti

Toliblar afg‘on oilalarini uylaridan quvib chiqaryapti

Afg‘onistonning Bag‘lan viloyatida «Tolibon» harakati vakillari 27 ta oilani Andaroyu vodiysidagi Anamak, Bog‘dor, Taganak va Puli Xisor qishloqlaridan majburan quvib chiqargan.

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, toliblar faqat kiyim va ozroq ovqat olishga ruxsat berishgan. Ularning aytishicha, bu oilalar 9 ta shimoliy viloyatda yashashga haqli emaslar. Ular boshqa viloyatlarga surgun qilinmoqda.

Bag‘landagi mahalliy toliblar hozircha bu holatga izoh berishmagan. Xabarlarga qaraganda, ular toliblarga qarshi chiqqanlarni ana shunday badarg‘a qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring