Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» «Al-Qoida» yetakchisi o‘ldirilishiga munosabat bildirdi

«Tolibon» «Al-Qoida» yetakchisi o‘ldirilishiga munosabat bildirdi

«Tolibon» muvaqqat hukumati vakili Zabihulla Mujohid.

«Tolibon» muvaqqat hukumati vakili Zabihulla Mujohid Kobulda «Al-Qoida» yetakchisi Ayman al-Zavohiriyning o‘ldirishiga munosabat bildirdi. 

Zabihulla Mujohid AQShning harakatini ma’qullamagan, uning so‘zlariga ko‘ra, «xalqaro prinsiplar» qo‘pol ravishda buzilgan.  

AQSh hukmron «Tolibon» kuchlarini mazkur operatsiyadan ogoh etmagan va o‘z manbalariga asoslangan holda qaror qabul qilgan. 

Shuningdek, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ham bayonot bilan chiqib, toliblarni Zavohiriyni yashirishda va Doxa kelishuvlariga amal qilmaslikda aybladi. 

Eslatib o‘tamiz, «Al-Qoida» yetakchisi Ayman al-Zavohiriy AQSh uchuvchisiz moslamasi bilan Kobuldagi uyi balkonida o‘ldirilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring