«Tolibon» AQSh qarorini olqishladi

«Tolibon» harakati AQSh delegatsiyasi bilan yakshanba kuni yakunlangan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb atagan. Bu haqda Interfaks ma’lum qildi.
«Afg‘oniston Islom Amirligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyalari o‘rtasidagi ikki kunlik muloqot muvaffaqiyatli o‘tdi. Uchrashuvda siyosiy masalalar batafsil muhokama qilindi. Doha kelishuvining to‘liq bajarilishi Muammolarni hal qilish usuli Islom Amirligi tomonidan eng yaxshi natija deb topildi, shuningdek, gumanitar yordam siyosiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerakligi takidlandi», — deyiladi «Tolibon» tomoni ochiqlagan bayonotda.
Qayd etilishicha, AQSh vakillari afg‘onlarga gumanitar yordam ko‘rsatishga va boshqa gumanitar tashkilotlarga yordam yetkazib berish uchun sharoit yaratishga va’da bergan. «Tolibon» harakati o‘z navbatida bu qarorni olqishlagan.
«Diplomatik aloqalarni yaxshilash uchun harakat qilish kerak», — deyiladi harakat xabarida.
Qayd etilishicha, bunday uchrashuvlarni yaqin orada «agar kerak bo‘lsa» yana o‘tkazishga qaror qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter