Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Hamid Karzay va Abdulla Abdullani uy qamog‘iga tashladi — OAV

«Tolibon» Hamid Karzay va Abdulla Abdullani uy qamog‘iga tashladi — OAV

«Tolibon» Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay va Milliy yarashuv oliy kengashi boshqaruvchisi Abdulla Abdullani uy qamog‘iga tashladi. Bu haqda «CNN» manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, dushanba kuni «Tolibon» sobiq prezident Hamid Karzayning soqchilaridan qurollarini tortib olgan. Shuningdek, chorshanba kuni Tolibon Abdulla Abdullaning uyida tintuv o‘tkazgan hamda sobiq rasmiyning ham qurol va mashinalarini olib ketgan.

«Shu tariqa Hamid Karzay va Abdulla Abdulla Kobulda o‘z uy qo‘riqchilarisiz uy qamog‘ida»,— deb yozadi «CNN».

«Tolibon» vakili «CNN» telekanaliga bergan intervyusida inklyuziv hukumat tuzmoqchi ekanligini ma’lum qilishgan va sobiq prezident Karzay va sobiq bosh ijrochi direktori Abdulla bilan muzokaralar olib borgandi.

Afg‘onistonlik siyosatchi Hamid Karzay 2004-2014-yillarda mamlakat prezidenti bo‘lgan. Abdulla Abdulla esa Ashraf G‘ani hukumati vaqtida bosh vazir bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring