Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Kobulni egallashida to‘rt ming nafar atrofida harbiy halok bo‘lgan — «Vashington Post»

«Tolibon» Kobulni egallashida to‘rt ming nafar atrofida harbiy halok bo‘lgan — «Vashington Post»

Foto: BBC

«Tolibon» kuchlari 2021-yilning avgustida hukumatni egallashi va poytaxt Kobulni zabt etishi paytida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining taxminan to‘rt ming nafar xodimi halok bo‘lgan, ming nafari bedarak yo‘qolgan. Bu haqda «The Washington Post» gazetasi xabar berdi.

Afg‘oniston armiyasi sobiq shtab boshlig‘i Yasin Ziyo ma’lumot berishicha, Kobul egallanishi arafasidagi haftalar mamlakatdagi so‘nggi 20 yillik urushdagi eng qonli haftalardan bo‘lgan.

Afg‘onistonda 2001-yilda boshlangan urush davrida hukumat xavfsizlik kuchlarining qariyb 92 ming nafar xodimi o‘ldirilgan. Shu paytgacha afg‘on harbiylari orasidagi yo‘qotishlar ko‘lami yashirib kelingan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring